
Denov shahrida yashillik bag'rida qad ko'targan, 1500 xonadonli standart klassdagi zamonaviy turar-joy majmuasi.
Denov Eco Garden turar-joy majmuasi Denov tumani, Lochin MFY, U.Nosir ko'chasida joylashgan. Xalq orasida bu hudud "Sassiq ko'l chorrahasi" nomi bilan tanilgan.
Mo'ljal: Denov tekstil fabrikasi ro'parasida, Kia avtosaloni orqa tomonida — tekstil fabrika binosi to'g'ridan-to'g'ri ko'rinib turadi.
Har bir bino zamonaviy standartlar asosida, sifatli xomashyolardan qad ko'tarmoqda.
Bino konstruksiyasi monolit karkasda, to'ldiruvchi devorlar uchun gazoblok ishlatiladi — issiqni yaxshi saqlaydi va yengil, mustahkam devorlar hosil qiladi.
Qurilishda 400 markagacha beton va A400 armatura qo'llaniladi — zilzilaga bardoshli, issiq va sovuqqa chidamli konstruksiya ta'minlanadi.
Binolar tashqi ko'rinishi premium travertin material bilan qoplanadi — zamonaviy va hashamatli tashqi ko'rinish uchun.
Deraza konstruksiyalari uchun eng sifatli va ishonchli kompaniyalardan buyurtma beriladi — issiqlik va shovqin izolyatsiyasi yuqori darajada.
Xonadonlar "qora" (remontsiz) holatda topshiriladi — ichki dizaynni o'zingiz xohlagan uslubda qurish imkoniyati.
Shartnoma asosida loyiha 24 oy ichida qurib, mijozlarga topshiriladi.
Barcha turar-joy egalari uchun yetarlicha parkovka joyi ajratilgan.
Shundan bittasi yuk ko'tarish uchun mo'ljallangan — ko'chish va og'ir buyumlarni tashish qulay.
Majmua yagona yopiq hudud sifatida tashkil etilgani uchun doimiy qo'riqlash joriy etiladi.
Svet o'chib qolgan taqdirda ham qo'shimcha generator va quyosh panellari liftlar ishlashini ta'minlaydi.
Ko'p qavatli avtoturargoh ustida tashkil etilgan yashil hudud, pergolalar va bolalar o'yin maydonchalari.

Narxlar, to'lov sharoitlari va bo'sh xonadonlar haqida batafsil ma'lumot olish uchun biz bilan bog'laning.